Benzema FFF rahbariga javob qaytardi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Fransiya Futbol Federatsiyasi rahbari Noel Le Graening so'zlariga javob qaytardi.

Biroz avval Noel Benzemaning Fransiya terma jamoasi safidagi sarguzashtlari yakunlanganini takidlagandi. Bunga javob Benzemaning Twitter'dagi rasmiy sahifasida qoldirildi:

"Noel, ishonamanki, siz murabbiyning qarorlariga aralashmaysiz. Bilingki, xalqaro maydondagi faoliyatimga men, faqat men chek qo'ya olaman. Agar siz mening terma jamoadagi faoliyatim yakunlangan, deb o'ylasangiz, menga boshqa mamlakat sharafini himoya qilish huquqini bering. Shunda ko'ramiz!".

Eslatib o'tamiz, Benzema Fransiya terma jamoasi safida so'nggi marta 2015 yil maydonga tushgan va yarim himoyachi Mate Valbuena shantaji bilan bog'liq mojarolar sabab terma jamoadan chetlashtirilgandi.


Manba: uefa.com