Benzema Yevropaga qaytish yoki MLSga yo'l olish haqida o'ylamoqda. Hujumchi "Al Ittihod"ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini haqoratli deb topdi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
Karim Benzema taklif qilingan shartnomadan norozi bo'lib, "Al Ittihod"ni tark etishi mumkin.

38 yoshli forvard turli variantlarni ko'rib chiqmoqda, u Yevropaga qaytish yoki MLS klubiga o'tish haqida bosh qotirmoqda.

Avvalroq, Benzema shartnoma bilan bog'liq vaziyat tufayli "Al Ittihod"ning "Al Fateh"ga qarshi o'yinida (2:2) ishtirok etishdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.

Francuz taklifni haqoratli deb hisobladi, uning atrofidagilar ham hujumchiga hurmatsizlik qilingan deb hisoblaydi, chunki Karim yangi bitim bo'yicha "bepul o'ynashi" kerak edi - imij huquqlaridan foydalanishdan keladigan daromadlar bundan mustasno.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN