Benzema bugun "tovlamachilik ishi" bo'yicha haqiqatni oshkor qiladi

Aslanov Jasurbek
2 dek 2015
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Lion" yarim himoyachisiga bog'liq tovlamachilik ishi bo'yicha jurnalistlar savollariga javob berishga qaror qildi.

Futbolchi bugun TF1 telekanaliga intervyu beradi.

5 noyabr kuni Benzemaga Fransiya terma jamoasidagi jamoadoshi Mate Valbuenaga nisbatan tovlamachilikda ayblov e'lon qilingan edi. Tahminlarga ko'ra, jinoyatchilar Valbuena bilan Benzema orqali muloqot qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca