Benteke “Aston Villa”ga transferi borasida so'rov jo'natdi

“Aston Villa” klubi hujumchisi Kristian Benteke, klub rahbariyati nomiga transfer borasida rasmiy so'rov yubordi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Klub rahbariyati futbolchini faqatgina, boshqa klublardan tushgan taklif qoniqtirgandagina qo'yib yuborishi mumkin, aks holda belgiyalik futbolchini Birmingemda qolishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchiga “Chelsi”, “Liverpul” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirishgan edi. 


Manba: sports.ru