Benites Xitoydagi jamoasiga ingliz klubi hujumchisini olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2019, 20:05
Hujumchi Salomon Rondon faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

"Dalyan Ifan" bosh murabbiyi Rafael Benites venesuelalik xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Rondon o'tgan mavsum ijara asosida ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida "Nyukasl" sharafini himoya qilgan edi. 29 yoshli futbolchi hamda "Vest Bromvich" o'rtasida tuzilgan shartnomadagi tovon puli 16 mln. funt. Rondon so'nggi mavsum 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports