Benites "Everton" nega Rondon bilan shartnoma imzolanganini tushuntirdi

Alisher
11 sen 2021, 17:16
"Everton" ustozi Rafael Benites nega jamoa hujumchi Salomon Rondonni taklif etishga qaror qilganini tushuntirdi.

"Bizga to'pni yaxshi nazorat qila oladigan va ikkinchi taym kurashishni biladigan forvard kerak edi. Biz transfer oynasi davomida ko'plab nomzodlarni ko'rib chiqdik, ammo ular bilan shartnoma imzolash imkoni bo'lmadi.

Salomon foydasiga tanlov qilindi, sababi u tajribali futbolchi. U o'zidan nima kutilayotgani juda yaxshi tushunadi. Rondon tarkibdagi o'rin uchun kurashishga tayyor", - deydi Benites.

31 yoshli venesuelalik futbolchining "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports