Benites “Arsenal”ni 4 ta har xil klub bilan mag'lub etgan 2-mutaxassis

Eldor Akmurzayev
7 dek 2021
Angliya chempionati 15-turida “Everton” o'z maydonida “Arsenal”ni 2:1 hisobida engdi.

Rafael Benites murabbiy sifatida 4-klubi bilan londonliklarni mag'lub etdi. Avvalroq, u “Liverpul”, “Chelsi” va “Nyukasl” bilan ham bunga erishgandi.

Ispaniyalik mutaxassisga qadar bunday natijani faqat Mark Xyuz (“Blekbern”, “Manchester Siti”, KPR, “Stok Siti”) qayd etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live