Benites APL klubi boshqaruviga kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Stiv Kuper tez orada iste'foga chiqadi.

Bunga jamoaning APLdagi omadsiz starti sabab bo'ladi. Ayni damda "Nottingem Forest" umumiy 4:18 hisobida ketma-ket beshta mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

"The Telegraph" nashrining yozishicha, uning o'rnini taniqli mutaxassis Rafael Benites egallaydi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik murabbiy "Nottingem"da maslahatchi lavozimini egallagan Li Charnli bilan iliq munosabatda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph