"Benfika" "Shaxtyor" darvozabonini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
7 avg 2023
"Benfika" "Shaxtyor" kiperi Anatoliy Trubinni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, lissabonliklar futbolchi transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborib ulgurgan. Taklif qilingan summa 10 mln evro + 1 mln bonus sifatida. Ukraina klubi golkiperning keyingi transfer summasidan 40%ni ham olishni istamoqda.

Barchasi yaqin kunlarda rasman hal bo'lishi kutilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru