"Benfika" o'zi uchun rekord summa - 27 mln. evroga futbolchi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025
"Benfika" Richard Riosni "Palmeyras"dan 27 million evroga sotib oldi.

25 yoshli kolumbiyalik yarim himoyachi Portugaliya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomada futbolchining tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.

A Bola ma'lumotlariga ko'ra, Rios transferi "Benfika" tarixidagi eng yirik xarid bo'ldi (bonuslar hisobga olinmagan). Avvalgi rekord – 2023 yilda turk yarim himoyachisi Orkun Kekchyuni "Feyenoord"dan 25 million evroga sotib olish edi. Yaqinda bu o'yinchi klubni tark etdi – u "Beshiktosh"ga ijaraga berildi.

Avvalroq ma'lum bo'lishicha, "Zenit" "Palmeyras"ga Rios uchun 30 million evro taklif qilgan, biroq o'yinchining o'zi Sankt-Peterburg klubini rad etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бенфика" матбуот хизмати