"Benfika" "Napoli" o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
9 fev 2021, 09:21
"Napoli" himoyachisi Elseyd Xyusay faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Albaniyalik futbolchiga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Portugaliya klubi rahbariyati Xyusayning vakillari bilan muzokaraga kirishishgan.

Qayd etish kerakki, himoyachi mavsum so'nggida "Napoli"dan kyetishga qaror qildi. Futbolchi joriy mavsum "Napoli" libosida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi.

27 yoshli Xyusayning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb