"Benfika" forvardi Nunes: "Liverpul"dan qo'rqmaymiz va javob o'yinida ularga ko'rsatib qo'yamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
6 apr 2022
Hujumchi Darvin Nunes "Liverpul"ga qarshi bahsdan (1:3) keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz ko'prog'ini kutgandik, ammo unchalik o'xshamadi. Shunday bo'lsada, ishonchimizni yo'qotmadik, buni ikkinchi bo'limda ham ko'rishingiz mumkin edi. "Liverpul" – ajoyib jamoa, ammo biz ulardan zarracha ham qo'rqmaymiz.

Ishlashda, javob o'yiniga tayyorlanishda davom etamiz va ularga hali kim ekanligimizni ko'rsatib qo'yamiz", – dedi Nunes.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru