"Benfika" Felishni grand klublarga qo'yib yubormoqchi emas

Tolibjon Qosimov
25 apr 2019
"Benfika" prezidenti Luis Filipe Vieyra gi transfer oynasida jamoaning yosh forvardi Joau Felishni sotmoqchi emasligini ma'lum qildi.

Oldinroq, "Yuventus" futbolchining shartnomasida keltirilgan 120 million evro tovon pulini to'lashga tayyorligi xabar qilingan edi.

"Klubimiz o'zining qimmatbaho javohirini saqlab qolish uchun hamma ishni qiladi. Men muxlislarga hech kim ketmasligini kafolatlashni xohlardim. Biz kimgadir yoqish uchun o'zimizning eng yaxshi iqtidorimiz bilan xayrlashishni xohlamaymiz", - dedi Vieyra.


Portugaliya OAVlarining xabar berishicha, "Benfika" 19 yoshli Felishning tovon pulini 200 million evrogacha oshirmoqchi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola