"Benevento" "Napoli" forvardiga qiziqmoqda

Alisher
22 may 2020
"Napoli" hujumchisi Fernando Lorente klubini o'zgartirishi mumkin.

"Lorente biz uchun ajoyib tanlov bo'lardi. Biz "Napoli" o'yinchisiga va boshqa futbolchilarga qiziqyapmiz", - deydi "Benevento" sport direktori Paskuale Foje.

Eslatib o'tamiz, "Benevento" kelasi mavsumda A Seriyada ishtirok etadi.

35 yoshli Lorente esa joriy mavsum "Napoli" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Radio Kiss