

"Torino" sobiq hujumchisi Andrea Belotti tez orada "Roma" futbolchisiga aylanadi.
Taniqli insayder Nikola Skiraning ma'lum qilishicha, Belottining "Roma"ga o'tishi so'nggi bosqichda. Futbolchi "Roma"ga erkin agent sifatida keladi.
Belotti "Roma" bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 3 mln evro bo'ladi.



