

Bu haqda Sport.es xabar berdi.
22 yoshli Bellingem Madridning eng qimmat tumanlaridan biri La Moralexada har biri 16 mln evrodan bo'lgan ikkita koshona sotib oldi, bu esa jami 32 mln evroni tashkil etadi.
Uylar Qirollik golf-klubiga juda yaqin joylashgan. Ulardan biri futbolchining uyi bo'lsa, ikkinchisi onasi Deniznikidir. Ikkala uy ham o'ta zamonaviy dizaynda hamda bog' va hovuzga qarab turgan katta panoramali derazalarga ega.
Bellingem yozda elkasining takroriy chiqishi tufayli operaciya qilingandi. U kamida oktyabrgacha maydonga qaytmaydi.
Bellingem o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 31 o'yinda 9 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.



