Belgiyada darvozabon penaltini qaytardi va vafot etdi

Mirjalol Normatov
12 fev 2023, 14:38
Belgiyadagi "Vinkel-Sport" havaskor klubi darvozaboni Arne Espil uchrashuv vaqtida vafot etdi.

Posbonda barchasi joyida edi. U o'yin vaqtida penaltini qaytardi va birdaniga o'zida qattiq og'riqni his qildi. Futbolchi shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etdi.

Espil 25 yoshda edi. U bunga qadar qandaydir kasalliklar bilan kurashgani borasida ma'lumotlar berilmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal