Belgiya – Rossiya o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2021
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku UEFA tomonidan Belgiya – Rossiya (3:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi.

Belgiya Evro-2020 guruh bosqichi 1-turida Rossiyani yirik hisobda mag'lub etdi (3:0). O'yin Sankt-Peterburgdagi "Gazprom Arena" o'yingohida bo'lib o'tdi.

Belgiya termasi forvardi Romelu Lukaku 10-daqiqada Andrey Semyonovning xatosidan keyin hisobni ochdi. Himoyachi Toma Mene 34-daqiqada ikkinchi golni urgan bo'lsa, 88-daqiqada o'yin qahramoni Romelu Lukaku o'z dublini rasmiylashtirib, haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia