Belarus. Umarov jarima zarbasidan shedevr gol urgan o'yinda BATE yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
29 may 2021
Belarus Oliy Ligasi 11-turida BATE o'z maydonida “Slaviya Mozir”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

O'yinni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar a'zosi Shohboz Umarov 43-daqiqada jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirdi va chempionatdagi 5-golini urdi. Shuningdek, o'zbekistonlik futbolchi hisobida 3 ta assist ham bor.

Borisovliklar bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 26 taga etkazib, peshqadam “Shaxtyor”ni quvishda davom etmoqda. Soligorskliklar hisobida 33 ochko bor.

BATE – "Slaviya" 3:0 (2:0, 1:0)

"Kapskiy-Arena"

Gollar: 1:0 – 17 Skavish, 2:0 – 43 Umarov, 3:0 – 58 Skavish.

BATE – Chichkan, Ribak (Supranovich, 46), Filipovich, Filipovich, Nechaev, Dragun (Signevich, 68), Karasev (Nosko, 46), Yablonskiy, Umarov (Bessmertniy, 65), Skavish, Milich (Malkevich, 80).

"Slaviya" – Baranovskiy, Nedashkovskiy, Shestilovskiy, Timonyuk, Ruckiy, Narx, Juk (Jerdev, 63), Barsukov (Poloz, 68), Slyusar (Raevskiy, 46), Melnikov (Ndjengo Mandeng, 77), Tettex (Tlupov, 55).

Ogohlantirishlar: Karasev (13), Nedashkovskiy (21), Juk (24), Ruckiy (42), Shestilovskiy (47), Filipovich (53), Nosko (81).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia