Belarus Kubogi. “Shaxtyor” yirik g'alabaga erishdi, Ubaydullaev esa ilk golini urdi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2021
Musobaqa 1/4 finalidan o'rin olgan “Shaxtyor” (Soligorsk) – “Neman” uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Soligorskliklar safida Shahzod Ubaydullaev bahsni zaxiradan boshladi va 2-taym boshida maydonga tushib, 80-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu Ubaydullaevning “Shaxtyor” safidagi ilk rasmiy goli sifatida yozildi.

Avvalroq, Belarus Kubogi yarim finaliga BATE hamda “Torpedo-BelAZ” yo'l olgandi.

"Shaxtyor" – "Neman" – 3:0 (0:0, 3:0)

"Stroitel"

Gollar: 1:0 - Kendish (61, penalti). 2:0 - Darbo (77). 3:0 - Ubaydullaev (80).

"Shaxtyor": Gutor, Begunov, Xadarkevich, Sachivko (Shevchenko, 86), Antich, Korzun (Ubaydullaev, 46), Kendish, Axmedi, Ivanovich (Stasevich, 46), Eze (Podstrelov, 69), Darbo.

"Neman": Dudar, Kantariya, Vasilev, Gribovskiy (Pasevich, 66), Jukovskiy(Gavrilovich, 62), Zubovich (Ivanov, 84), Stepanov, Kozlov, Yakimov, Legchilin, Yablonskiy (Jigero, 82).

Ogohlantirishlar: Darbo (14), Korzun (35) - Gribovskiy (48), Kantariya (58).

Chetlatish: Legchilin (59).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia