Belarus chempionati. Yaxshiboev gol urgan bahsda “Shaxtyor” yirik g'alabaga erishdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
12 sen 2020
Belarus Oliy Ligasining 23-turi doirasida soligorskliklar o'z maydonida “Vitebsk”ni qabul qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar 1-taymda Igor Ivanovich va Darko Bodulning gollari evaziga oldinga o'tib olishdi – 2:0. Keyingi bo'limda esa Yuriy Kendish, Artyom Arxipov va Jasurbek Yaxshiboevlar o'z nomini tabloga yozdirdi – 5:0.

Mazkur muvaffaqiyatdan so'ng, Roman Grigorchuk shogirdlari ochkolari sonini 46 taga etkazgan holda jadvalda peshqadam bo'lib turibdi. To'plar nisbatidagi farq tufayli xuddi shuncha ochkoga ega bo'lgan BATE esa 2-o'rinda bormoqda.

Shaxter – Vitebsk 5:0 (2:0, 3:0)

Stroitel

Gollar: 1:0 – 20 Ivanovich, 2:0 – 24 Bodul, 3:0 – 53 Kendysh, 4:0 – 77 Arxipov, 5:0 – 88 Yaxshiboev.

Shaxter – Gutor, Begunov (Burko, 86), Antich, Xadarkevich, Sachivko, Ivanovich, Podstrelov (Balanovich, 79), Kendysh, Szoke, Yaxshiboev, Bodul (Arxipov, 71).

Vitebsk – Soroko, Chalov, Klopockiy, Sezar (Vasilev, 76), Nazarenko (Gurenko, 54), Kalenchuk, Maranyao, Matveenko, Skitov, Teverov (Krasnov, 75), Santos.

Ogohlantirishlar: Szoke (25), Teverov (29), Bodul (57), Maranyao (84), Klopockiy (90).




TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar