Belarus chempionati. “Shaxtyor” (Soligorsk) mag'lubiyatga uchradi va peshqadamlikni BATEga topshirdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
20 sen 2020, 21:05
Chempionatning 24-turidan o'rin olgan “Slaviya Mozir” – “Shaxtyor” o'rtasidagi bahsda mezbonlar minimal g'alabaga erishdi.

O'yindagi yagona gol esa mezbonlarning rossiyalik hujumchisi Islam Tlupov tomonidan urildi. Soligorskliklar safida Yaxshiboev asosiy tarkibda maydonga tushib, 88-daqiqada sariq kartochka oldi.

“Shaxtyor”ning muvaffaqiyatsizligi sabab bu turda g'alaba qozongan BATE jadvalda peshqadam bo'lib oldi.

Slaviya – Shaxtyor 1:0 (0:0, 1:0)

Yunost

Gol: 1:0 – 81 Tlupov.

Slaviya – Baranovskiy, Malkevich, Nedashkovskiy, Potapov, Shevchenko, Kotlyarov (Juk, 90), Chuxley (Tlupov, 64), Kostrov, Narx, Barsukov, Tettex (Melnikov, 76).

Shaxtyor – Gutor, Begunov, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Ivanovich (Podstrelov, 46), Korzun (Arxipov, 71), Kendish, Szoke, Yaxshiboev, Balanovich.

Ogohlantrishlar: Begunov (28), Xadarkevich (33), Malkevich (70), Yaxshiboev (88).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia