"Bein Sports Arabia 8 HD" bugungi o'yinni qanday translyatsiya qiladi?

Nadirkhuja Yuldashev
8 sen 2014
Saytimizda bir oz avval O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvini "Bein Sports Arabia 8 HD" (Afrika va Osiyoning 23 mamlakati, arab davlatlari)va "SKY Sport 3" (Yangi Zelandiya) kanallari to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishi haqida xabar bergandik.
Bir oz avval bu masala yuzasidan O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaevdan javob oldik. Ma'lum bo'lishicha, O'FFga o'yinni namoyish etish istagi bilan Yangi Zelandiya tomoni murojaat qilgan va ularga ijobiy javob berilgan. "SKY Sport 3" uchrashuvni faqat o'zi namoyish etadi, uni boshqa biror kanalga sotishga haqli emas. 23 arab mamlakatiga o'yinni translyatsiya qilishi kutilayotgan "Bein Sports Arabia 8 HD" esa O'FF bilan bog'lanmagan. Bu haqda O'FF xabar beradi. Bu telekanal dasturida bir necha kundan buyon O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi jonli efirda berilishi ko'rsatib o'tilgan. Shu o'rinda ushbu telekanalga translyatsiya huquqi qanday va kim tarafidan sotilgani mavhum bo'lib qolmoqda. Ushbu kanal aloqa signalini faqat bizning vakillar tarafdan olishi mumkin. Juda ham qiziq holat, shunday emasmi?

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia