"Bayer" yarim himoyachisi Bellarabi mashg'ulotda Xilbert bilan janjallashib qoldi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016
Jarohatidan qutilib birinchi mashg'ulotni o'tkazgan "Bayer" yarim himoyachisi Karim Bellarabi jamoadoshi bilan janjallashib qoldi.

Bu haqda jurnalist Marko Vayfel ma'lum qildi.

Bellarabi mashg'ulot paytida Roberto Xilbert bilan kelisholmay qoldi. Mojaro mushtlashuvga aylanib ketmasligi uchun boshqa futbolchilar aralashishiga to'g'ri keldi.

Karim Bellarabi so'nggi marotaba 10 sentyabr kuni "Gamburg"ga qarshi maydonga tushgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Germany