"Bayer" Xadson-Odoini joriy mavsum so'nggiga qadar xarid qilish huquqisiz ijaraga oladi

Alisher
29 avg 2022
"Bayer" "Chelsi" bilan yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoining ijarasi borasida kelishuvga erishdi.

Kelishuv 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Oldinroq, o'tish bekor bo'lish xavfi ostida edi, sababi nemis klubi shartnomaga o'yinchini xarid qilish bandini ko'shmoqchi edi.

Xadson-Odoining bugun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Leverkuzenga o'tishi kutilmoqda.

21 yoshli angliyalik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports