"Bayer" "Barselona" futbolchisini sotib olishi mumkin

Alisher
21 noya 2019
Germaniyaning "Bayer" klubi "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda.

Leverkuzenliklar o'yinchini sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Jan-Kler Todiboning transferi nemis klubiga 10 million evroga tushishi mumkin.

O'z navbatida "ko'k-anorranglilar" futbolchi bilan doimiy xayrlashmoqchi emaslar, shuning uchun "Barselona" shartnomada Todiboni qaytarib olish shartini ham talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Todibo qishda ispan jamoasiga o'tgan edi, ammo doim ham maydonga tushmayapti.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es