"Bayer" Alonso "Real"ga kyetishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023
"Bayer" sport direktori Simon Rolfes leverkuzenliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.

U yaqinda shartnomasini uzaytirdi va buni shunchaki amalga oshirgani yo'q, u bizning rejalarimiz va loyihamizni yaxshi biladi. Bu yerda uning qo'l ostida ajoyib jamoa, murabbiylar shtabi bor va klub uni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Aynan shu narsa bizga motivaciya beradi. Buni futbolchilarning harakatidan ham ko'rish qiyin emas, nazarimda. Mana shuning uchun ham Alonso shartnoma muddatini uzaytirdi. Ha, mish-mishlar yo'q emas, doim shunday bo'lgan va bo'ladi ham.

Muraybbiyning vaziyati futbolchilarnikidan biroz farqli. Mutaxassis o'zining klubini topishi muhim va u yerda o'zini erkin his qilishi shart. O'z navbatida, klub uchun ham murabbiy ularga mosligini tushunish muhim hisoblanadi. Har ikki tomon bu masalada bir necha hafta avval majburiyatni bo'yniga olgan. Shunday ekan, men hotirjamman.

Eslatib o'tamiz, "Bayer" Bundesliga jadvalida yetakchi hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com