Baxtiyor Ashurmatov: "Pro-liga jamoasi bilan o'tish o'yini o'tkazishimiz mumkin"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2018, 19:06
“Nasaf” – AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o'tdi.

- Afsuski, birinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazdik. Lekin yigitlar ikkinchi bo'limda futbol o'ynay olishlarini namoyish etishdi. Uchinchi golni urish uchun Kamoliddin Murzoevda yaxshi imkoniyat bor edi. Biroq u bundan foydalana olmadi. Qo'qondagi durang natija bizning foydamizga ishlashi mumkin edi. Afsus, biz imkoniyatni qo'ldan chiqardik. Endi oldinda so'nggi tur o'yini bor. Pro-liga jamoasi bilan o'tish o'yini o'tkazishimiz ehtimolini ham rad etib bo'lmaydi, - dedi mutaxasis.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz