"Bavariya" Xummelsni "Chelsi"ga sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018
"Bavariya" himoyachisi Mats Xummels faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi "Chelsi" ustozi Mauricio Sarrining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. "Chelsi" himoyachi borasida so'rov jo'natdi, "Bavariya" esa Xummelsni 33 mln. evroga sotishi mumkinligini ma'lum qildi.

Xummels 2016 yil Dortmundning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga o'tgan edi. Joriy mavsum himoyachi myunxenliklar safida 9ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com