"Bavariya" Xaverc borasida "Bayer" bilan muzokara olib bormoqda

Alisher
19 avg 2019
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc "Bavariya" qiziqishlari doirasida.

Germaniya chempioni o'yinchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, futbolchi transferi borasida hali kelishuvga erishilmagani xabar qilinmoqda.

Xaverc "Bayer" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi. Nemis futbolchisi 2016 yildan beri asosiy jamoada 105dan ortiq o'yinlar o'tkazishga ulgurdi.

Oldinroq, "Bayer" xavbeki uchun 100 milliondan kam olmoqchi emasligini ma'lum qilgan edi.

Xaverc yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 3ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Bild