"Bavariya" "Sevilya" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
17 iyul 2020
Braziliyalik himoyachi yana bir top-klub e'tiborini tortdi.

"Bavariya" "Sevilya" himoyachisi Diego Karlos bilan shartnoma imzolamoqchi.

Germaniya chempioni braziliyalik o'yinchini 2021 yilning yozida shartnomasi yakunlanadigan Jerom Boatengga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Himoyachi joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Diego Karlos uchun shuningdek "Manchester Siti" ham raqobat qilmoqda. O'yinchiga shaxsan Gvardiola qiziqish bildirgan.


AlisherMuallif
Manba: sueddeutsche