"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Leyptsig" futbolchisi Konrad Laymer yozda jamoadan ketishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, xavbek faoliyatiri Myunxenda davom ettirishi mumkin. Uning olib kelinishini "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning o'zi istamoqda.

Myunxenliklar "Leyptsig" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq "Leyptsig" futbolchisini xorijga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Laymer Bundesliganing 26 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano

O'xshash yangiliklar