"Bavariya" Levandovski bilan shartnomani uzaytirolmasa, uni yozda sotadi

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski jamoani tark etishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, Myunxen klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmasa, uni yozda sotishni rejalashtirmoqda. 

Polyak futbolchisining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Bundesliganing joriy mavsumida Levandovski 19 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal