"Bavariya" Duglas Kostaga o'rinbosar sifatida Ferreyra-Karraskoga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
8 fev 2017
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karraskoga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi belgiyalik futbolchini Duglas Kostaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Braziliyalik futbolchi bir necha kun oldin Xitoydan ajoyib taklif olganini e'lon qilgan edi.

Ferreyra-Karrasko joriy mavsum LaLiganing 20 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola