"Bavariya" "Borussiya D" vingeriga davogar

Sherzod Nurmatov
25 dek 2024
"Bavariya" Dortmundning "Borussiya" jamoasi 20 yoshli vingeri Jeymi Bayno-Gittensga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Myunxen klubi bosh murabbiyi Vensan Kompaniga angliyalik futbolchining o'yini maqul kelmoqda.

Bayno-Gittensning o'zi nemis grandi tomonidan bo'layotgan qiziqishdan boxabar, ammo qishda "Borussiya"ni tark etishni istamayapti. 20 yoshli vinger "Bavariya"ning 2025 yil yozi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/plettigoal