Bavariya Bayer sardori bilan kelishuvga erishdi, biroq bir muammo bor

Khoja
12 iyun 2024
Bayer sardori Jonatan Ta Germaniyaning boshqa bir jamoasiga o'tishga yaqin.

Myunxen klubi futbolchi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldi, deb xabar beradi Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg. 

Bavariya futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishgan bo'lsada, hali Taning amaldagi jamoasi bilan murosa qila olmayapti. Bayer o'z himoyachisini kamida 40 million evroga sotishni reja qilgan. Bavariya esa 25 million evro va qo'shimcha bonuslar taklif qildi.

O'tgan mavsumda Ta Bundesligada 31 o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com