

Shu tariqa Myunxen klubi 2020 yil hisobidan 5-sovrinni qo'lga kiritdi. Klub Germaniya chempionligi bilan birga mamlakat kubogi ham qo'lga kiritgan. Shuningdek, YCHL va Yevropa Superkubogini ham o'ziniki qilgan. Agar Flik shogirdlari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham g'alaba qozonadigan bo'lsa, Pep Gvardiola qo'l ostidagi “Barselona” qayd etgan rekordni takrorlaydi. Vaqtida Kataloniya klubi bir yilda 6 ta sovrin yutgan edi.
Ma'lumot uchun, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati dekabr oyida Qatarda o'tishi rejalashtirilgan.



