"Bavariya", "Barsa" va "Real" qiziqish bildirgan Olmo "Leyptsig" bilan shartnomasini uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023, 11:38
Dani Olmo "Leyptsig" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Nemis klubi yarim himoyachi 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzolaganini ma'lum qildi. 

Ispaniyalik "Leyptsig" safida 2020 yildan buyon to'p tepadi. Jamoa safida u 122 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma etkazib bergan.

Avvalroq, "Barselona", "Real", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kabi klublar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabarlar chiqqandi.

May oyida esa futbolchining o'zi yaqin kunlarda barchasi aniq bo'lishini aytgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild

O'xshash yangiliklar