"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi borasidagi bitimni yopdi

Alisher
5 may 2022, 16:53
"Bavariya" "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazraui bilan o'tishdagi barcha bitim shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va mavsum so'nggida Myunxen klubiga qo'shiladi.

Futbolchining nemis klubidagi maoshi yiliga 8 million evro atrofida bo'ladi. Transfer haqida yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Himoyachi joriy mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild