

Shvetsiyalik futbolchi 2019 yilning 1 iyulidan boshlab Myunxen jamoasi a'zosiga aylanadi, deya xabar bermoqda “Bavariya” rasmiy sayti.
Unga qadar futbolchi “Xelsingborg” sharafini himoya qilishda davom etadi. Joriy mavsumda yosh futbolchi Shvetsiya ligasida 16 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga erishgan.
“Aleks Timossi Anderson – juda iqtidorli futbolchi. U “Bavariya”da o'ynab ketishiga ishonamiz. Bizning jamoaga qo'shilguniga qadar u jonajon klubi tarkibida tajriba to'plashda davom etadi”, dedi “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich.
Hujumkor futbolchi Shvetsiya U-15 terma jamoasi safida to'rtta uchrashuv o'tkazib, oltita gol urgan bo'lsa, U-16 termasi safida 7 ta o'yinda 2 bor raqiblari darvozasini aniq nishonga olgan.



