Bartomeu tez orada "Barselona"dan kyetishi mumkin!

Alisher
16 okt 2020
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning "Kamp Nou"dagi taqdiri 1 yoki 2 noyabrda hal bo'lishi mumkin.

Aynan ovoz berishni o'tkazish noyabr oyining boshi taxminiy sanalar sifatida ko'rilmoqda.

Klub Barselona hukumatini bunday procedura zarurligi haqida xabar bergan. Endi municipalitet ushbu tadbirni o'tkazish uchun maxsus protokol qabul qilishi kerak.

Bartomeu kelasi hafta bo'lib o'tadigan "El Klasiko"dan so'ng ishonchsizlik votumini olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumdagi ilk "El Klasiko" ("Real"ga qarshi o'yin) 24 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca