Bartomeu Gvardiola "Manchester Siti"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi
Aslanov Jasurbek
23 fev 2016
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola "Manchester Siti"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi.
"Gvardiola har qanday klubda muvaffaqiyatga erishadi. U "Barselona"da juda yaxshi ishlagan ajoyib murabbiy. U bilan uzoq vaqt birga ishlaganman va unda futbol uchun juda yaxshi g'oyalar bor" - deydi Bartomeu.