"Barselona"ning transfer maqsadi Pentek tarixiy natija qayd etishi mumkin

Mirjalol Normatov
7 okt 2018
"Jenoa" hujumchisi Kshishtof Pentek bugun tarixiy natija qayd etishi mumkin.

Buning uchun u bugun "Parma"ga qarshi bahsda gol kiritishi kerak. Shunday bo'lgan taqdirda Kshishtof A Seriyaning dastlabki 7 o'yinida gol urgan futbolchiga aylanadi va 2002/03 yillarda Kristian Veri qayd etgan natijani takrorlaydi. U hozirda 6 o'yinda 8 gol kiritishni uddaladi.

23 yoshli polshalikka "Barselona" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA