"Barselona"ning sobiq futbolchisi jamoani boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 okt 2019
Gollandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2020 yilda "Barselona"ni boshqarishi mumkin.

Gollandiya FF sport direktori Niko-Yan Xugmaning aytishiga ko'ra, 2020 yilda "Barselona" Kumanni tovon pulisiz ishga taklif qilishi mumkin. Bu murabbiyning shartnomasida keltirib o'tilgan.

Kumanning ayni damdagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. U 1989-1995 yilla davomida klub sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan bo'lsa, 1998-2000 yillarda murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo