"Barselona"ga "Kamp Nou"da o'ynashga ruxsat berishmadi. Stadionda xavfsizlik bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lishi mumkin

Administrator
23 sen 2025
"Barselona" "Kamp Nou"da "Sosedad" bilan o'ynay olmaydi.

Barselona shahar kengashining ma'lum qilishicha, "Kamp Nou"ning sertifikatlashtirish jarayoni yakuniy bosqichda, ammo hali tugallanmagan. La Liganing 7-tur o'yinini "Barselona"ning asosiy stadionida o'tkazishga to'sqinlik qilayotgan kamchiliklar, asosan xavfsizlik sohasida aniqlangan. Xususan, favqulodda vaziyatlar yuz berganda tomoshabinlarni evakuaciya qilish talablariga to'liq rioya qilinmagan.

"Barselona" barcha talablar bajarilganini takidlagan, shahar hokimiyati esa allaqachon qurilish ishlarini yakunlash sertifikati, sertifikatlashtiruvchi tashkilotdan nazorat hujjati, shuningdek, yong'in xavfsizligi va ekologiya xizmatlaridan ijobiy xulosalar olganini aytgan. Klub birinchi bosqich yakunlandi deb hisoblaydi. Barselona shahar hokimiyati esa buni rasman inkor etdi.

Shunday qilib, "Sosedad" (28 sentyabr) va PSJ (1 oktyabr) bilan o'yinlar Barselona shahridagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo