"Barselona"ga "Inter" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
3 fev 2022
"Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovichning klubdagi kelajagiga oydinlik kiritilganicha yo'q.

Milan klubi futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Unda futbolchining yillik maoshi 6 million evroga etadi. Yarim himoyachi ham klubi bilan kelishuvini uzaytirishga tayyor. Ammo u o'ylab olish uchun vaqt so'ragan.

"Barselona" esa futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Ammo barchasi "Inter"ning taklifiga bog'liq bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal