"Barselona" XIK himoyachisi Baani ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2016
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Finlandiyaning XIK klubi himoyachisi Gideon Baa xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda muzokaralar o'tkazilmoqda, "Barselona" esa bu ishga jiddiy kirishgan. Kataloniya klubi Baani anchadan beri kuzatib keladi va uni ijaraga olmoqchi.

Oldinroq ko'k-anorranglilar moliyaviy muammolar tufayli qishda futbolchi xarid qilmasligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo

O'xshash yangiliklar