"Barselona" va MYU "Vilyarreal" forvardi uchun kurashmoqda

Alisher
4 iyun 2021
"Vilyarreal" forvardi Xerard Moreno ikki top-klub e'tiboriga tushdi.

29 yoshli futbolchiga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ikki grand klub ham yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Transfermarkt tomonidan 40 mln evroga baholanayotgan futbolchi "sariq suvosti kemasi" bilan 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega.

Moreno o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal