“Barselona” transfer narxi arzonroq bo'lgan “centre-back”ni izlamoqda

Eldor Akmurzayev
15 noya 2020
Kataloniyaliklar o'z tarkibini markaziy himoyachi bilan to'ldirmoqchi.

Sport.es manbasiga ko'ra, jamoa transfer narxi arzon bo'lgan bir nechta futbolchilarning variantini o'rganmoqda. Nomzodlar orasida Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Joel Matip (“Liverpul”), Shkodran Mustafi (“Arsenal”), Federiko Fasio (“Roma”), Xerman Peccelya (“Fiorentina”), Mateo Musakko (“Milan”)lar bor.

Shu bilan birga, “Barsa” Erik Garsiya borasida “Man Siti” bilan kelishuvga erishishga umid qilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es