"Barselona" sobiq prezidenti: "Zidan chempionlik yo'lakchasini tashkillashtirmay, to'g'ri qildi"

Aslanov Jasurbek
7 may 2018
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gaspar "Real"ning kataloniyaliklar uchun chempionlik yo'lakchasi tashkil etishni rad etgani borasida fikr bildirdi.

"Zidan to'g'ri qildi, "Barselona" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng "Real"ga yo'lakcha tashkil qilmagan edi. Bir xatoni ikkinchisi bilan yashirib bo'lmaydi.

Bugun bu yo'lakchani sharmandalik deb hisoblashadi, ammo uni g'olib jamoani tabriklash va hurmat bildirish uchun o'ylab topishgan edi.

Madrid o'z atrofida gap-so'zlar yaratishni biladi. Eng asosiysi - "Barsa" chempion.

Ikki tomon ham yo'lakcha tashkil qilganini ko'rganman. Zidan bundan bosh tortgan deyayotganlarga qo'shilmayman. "Real" murabbiyni ayblashga qaror qildi" - deydi Gaspar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS